• Rustam G'oipov - Qo'zg'olur qo'shiq matni, lyrics

    Rustam G'oipov

    Qo’zg’olur

    Qish ketib, ko`klam kelib,
    Olamda har jon qo`zg`olur.
    Yez yuzinda sabzalar,
    Yel birla yakson qo`zg`olur.

    Bog` ichinda yelpillab,
    Gul birla rayhon qo`zgolur.
    Sayri gulzor etgali
    Har lahza janon qo`zg`olur.

    Chiqsa janon qo`zg`olib,
    Jismim aro jon qo`zg`olur. (x2)

    Kasb etib yangi havo ochib,
    Ochib lab damda dam,
    Sho`xlik birla o`zini tashlab,
    O`ng-u chap damba-dam.

    Har oyog`ini qo`yarga
    Joy izlab damba-dam,
    Yursalar, gulshanda gurungsib,
    Noz aylab damba-dam.

    G`unchalar ta`lim olib
    Kulgini xandon qo`zg`olur. (x2)

    So`zlaganda, so`zlaganda lablaridan
    Dona-dona durlar sochilur.
    Yuzlari, yuzlari har yonga boqib,
    Toza-toza gullar ochilur.

    Bo`ylaganda, bo`ylaganda har taraf,
    Tovus kabi, tovus kabi yozilur.
    O`ynaganda, o`ynaganda silkillab,
    Yuz uzra, yuz uzra soch sochilur.

    Qilg`ali yuz ming ko`ngillarni
    Parishon qo`zg`olur.

    Ketdi daryo, ketdi daryo qa’riga,
    Durdona, durdona bu so`z rashkidan.
    Kecha ochib, kecha ochib g`uncha lab,
    So`lg`usi kunduz, so`lg`usi kunduz rashkidan.

    Yashirinur, yashirinur qoshin ko`rib,
    Suv ichra, suv ichra qunduz rashkidan.
    Sakrar ohu, sakrar ohu tog`da ul,
    Ko`z rashkidan, ko`z rashkidan, yuz rashkidan.

    Lolalar jismida ammo
    Qip-qizil qon qo`zg`olur.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.