Safiya Saftarova - Vatan yagonadir

Safiya Saftarova

Vatan yagonadir

Derlar: shirin so`zning gadolari ko`p,
Yonib turgan ko`zning adolari ko`p. (x2)
Yurtlar bor hattoki Xudolari ko`p,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir. {x2}

Vatan deb Vatandin ketganlar aytsin,
Sog`inch yoqasidan tutganlar aytsin, (x2)
Pushaymonlik zahrin yutganlar aytsin,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir. {x2}

Mening Temur bobom, Sohibqironim,
Qonidan qo`shilgan bir tomchi qonim. (x2)
Asrlarni yengib, yelgan bo`ronim,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir. {x2}

Birov bor – bolasin tashlab ketadi,
Birov bor – onasin tashlab ketadi. (x2)
Ammo Vatan tashlab ketmas hech qachon,
Vatan yagonadir, Vatan bittadir. {x2}

Vatan yagonadir, Vatan bittadir… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan yagonadir
Xonanda:
Safiya Saftarova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 1, 2016