• Sahar guruhi va Yakzon - Ayb unda

    Sahar, Yakzon

    Ayb unda

    [Yakzon]
    Yomg`ir bo`lib yig`lar osmon,
    Sevgimizga sochadi firoq,
    Kim yoki nima uchun
    Jonim mendan ketadi yiroq?
    Suratlarga qo`shilib yonar
    Biz u bilan qilgan orzular.

    Ayb unda, bu uyqusiz tunlarim uchun,
    Ayb unda, orzularim so`nsa gar bugun.
    Ayb unda, u boshqani tanladi nechun?
    Ayb menda, hamon unuta olmaganim uchun.

    [Sahar guruhi]
    U buni isbotladi,
    U uchun muhim ekan bugun.
    Lekin hech qachon hech kim
    Javob berolmas erta uchun.
    Unga orzu, mehr va sevgi
    Begona ekan, bilmas edim.

    Ayb unda, uyqusiz tunlarim uchun,
    Ayb unda, orzularim so`nsa gar bugun.
    Ayb unda, u boshqani tanladi nechun?
    Ayb menda, hamon unutolmaganim uchun.

    [Sahar guruhi va Yakzon]
    Ayb unda, bu uyqusiz tunlarim uchun,
    Ayb unda, orzularim so`nsa gar bugun.
    Ayb unda, u boshqani tanladi nechun?
    Ayb menda, menda, hamon unutolmaganim uchun.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.