Sahar guruhi - Bulutlar

Sahar

Bulutlar

Seni men yo`qotganda,
Qalbim qopladi muzlar.
Sensiz yuragim egalladi
Sovuq shamollar.

Qaytgin, jonim, tuyg`ularimni
Etmagin sen xor.
Sen bilan birga qalbimga
Yana kelar bahor.

Bulutlar olislardan
Olib kelar yangi shodliklar,
Ko`zimdan yosh tomar, hu-u-u-u-u.
Ortiga uchib kelar hatto qushlar,
Mening yorim qachon qalbim tushunar?
Hu-u-u-u-u.

Unutolmadim seni qancha
Urinmasam ham,
Baribir yuragimni to`ldiradi
Dard alam.

Nahot senda qolmadi menga
Hech qanday ishonch?
Hayotimni tark etdi
Sen bilan so`nggi quvonch.

Bulutlar olislardan
Olib kelar yangi shodliklar,
Ko`zimdan yosh tomar, hu-u-u-u-u.
Ortiga uchib kelar hatto qushlar,
Mening yorim qachon qalbim tushunar?
Hu-u-u-u-u.

Nahot senda qolmadi menga
Hech qanday ishonch?
Hayotimni tark etdi
Sen bilan so`nggi quvonch.

Bulutlar olislardan
Olib kelar yangi shodliklar,
Ko`zimdan yosh tomar, hu-u-u-u-u.
Ortiga uchib kelar hatto qushlar,
Mening yorim qachon qalbim tushunar?
Hu-u-u-u-u.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bulutlar
Xonanda:
Sahar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 20, 2017