• Sahar guruhi - Fasl

    Sahar

    Fasl

    Es-hushim yo`qotdim seni izlab,
    Vaslingni eslatar ma’yus xayollar.
    Yuragimni qayg`ular, dardlar bosdi,
    Bir zum seni eslab yana.

    Oynadek sof, toza qalbim sindirib,
    Oppoq orzularim baxtim o`ldirib,
    To`xtab qolar hayotim, yurmas sira,
    Bir zum seni eslab yana.

    Endi seni ko`rsam tushlarimda,
    Vaslingni chizsam xayolimda,
    Lablaring uzra tomchilardan
    Yomg`irlar yog`sa qo`llarimga.

    Sen – kuz istagan, bahor talpingan,
    Qish izlagan, yoz sog`ingan orzular.
    Sen – yomg`ir bo`lib gullarni o`pgan,
    Quyosh bo`lib sovuq qorlarni eritgan.

    Yulduzlarni o`chirishga shoshilma,
    Yorug`, go`zal oyning xayolin olma.
    U ham mendek aqldan ozib qolgan,
    Bir zum seni eslab yana.

    Endi seni ko`rsam tushlarimda,
    Vaslingni chizsam xayolimda,
    Lablaring uzra tomchilardan
    Yomg`irlar yog`sa qo`llarimga.
    Sen – kuz istagan, bahor talpingan,
    Qish izlagan, yoz sog`ingan orzular.
    Sen – yomg`ir bo`lib gullarni o`pgan,
    Quyosh bo`lib sovuq qorlarni eritgan. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.