• Sahar guruhi - Meni izlama

    Sahar

    Meni izlama

    Quyoshning birinchi nurlari
    O`ynasa yuzingda, uyg`onmagin birdan.
    Uyg`onib, hayron bo`lmagin
    Yoningda yo`qligimdan, aytolmaganimdan.

    Meni izlama, men endi uzoqlarda,
    Meni eslama, men endi orzularda.
    Meni sog`inma, sog`inchlar umidlar
    Hammasi o`tkinchi ular.

    Meni izlama kechalari tushlarimda,
    Meni eslama hayotim majbur qilganda.
    Meni sog`inma, nozik qanotlaring
    Bu yerga uchib kelolmas.

    Balki hayotimiz bo`lardi umuman o`zgacha
    Biz bo`lsak birga.
    Lekin taqdir biz bilan maslahatlashmadi nega,
    Bizni ajratishda?

    Meni izlama, men endi uzoqlarda,
    Meni eslama, men endi orzularda.
    Meni sog`inma, sog`inchlar umidlar
    Hammasi o`tkinchi ular.

    Meni izlama kechalari tushlarimda,
    Meni eslama hayotim majbur qilganda.
    Meni sog`inma, nozik qanotlaring
    Bu yerga uchib kelolmas.

    Meni izlama, men endi uzoqlarda,
    Meni eslama, men endi orzularda.
    Meni sog`inma, sog`inchlar umidlar
    Hammasi o`tkinchi ular, o`tkinchi ular.

    Meni izlama, men endi uzoqlarda,
    Meni eslama, men endi orzularda.
    Meni sog`inma, sog`inchlar umidlar
    Hammasi o`tkinchi ular.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.