Sahar guruhi - Oh bu go'zal qizaloq qo'shiq matni, lyrics

Sahar

Oh bu go’zal qizaloq

Shovqin ko`chalar ham, salqin soyagohlar,
Bugun o`zgacha ko`rinar.
Sening yuraging ham to`la hayajonga,
Taqdir qaylarga yetaklar?

Oh bu go`zal qizaloq, beg`ubor,
Shoshilar qay tomon?
Yulduzli oqshom nurlarin ayamaydi.
Yuragida notanish hayajon,
Ko`zlarida quvonch,
Qayerga chorlar, yuragi aldamaydi.

Hatto liboslarga to`la do`konlar ham
Bugun ko`ziga ko`rinmas.
Yuragi boshlaydi uni bir manzilga,
Boshqa hech narsa kerakmas.

Oh bu go`zal qizaloq, beg`ubor,
Shoshilar qay tomon?
Yulduzli oqshom nurlarin ayamaydi.
Yuragida notanish hayajon,
Ko`zlarida quvonch,
Qayerga chorlar, yuragi aldamaydi.

Sabrsizlik bilan seni kutadi
O`sha sen o`ylagan hayot,
Tushlaringda ko`ringan o`sha go`zal dunyo.
Tark etmasin yuragingni tuyg`ular,
Topding sen o`zingni nahot?
Ertak emas, tushungin, orzularing ro`yo.

Oh bu go`zal qizaloq, beg`ubor,
Shoshilar qay tomon?
Yulduzli oqshom nurlarin ayamaydi.
Yuragida notanish hayajon,
Ko`zlarida quvonch,
Qayerga chorlar, yuragi aldamaydi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oh bu go’zal qizaloq
Xonanda:
Sahar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2018