[Setora guruhi]
Osmondagi eng yorug` yulduz
Qalbimdagi dardlarim bilar.
Yog`dusidan arg`imchoq yasab,
Meni osmon bag`riga chorlar.

Orzularga meni to`ldirgan,
Menga baxt qanotlarin bergan,
Dunyoning qayg`u-g`amlaridan
Meni o`z bag`rida asragan.

[Sahar guruhi]
Osmonga talpinib yulduzlar sari,
Biz birga bo`lib.
[Setora guruhi]
Yomg`irdan tomchilar,
Qalbimizdagi dardlarni yuvar.

[Sahar guruhi]
Ergashganda ortingdan dardlar,
Yer yuziga sig`masdan qolsang,
Yorug` nurdan qo`llarim cho`zib,
Seni o`z bag`rimda asrasam.

[Setora guruhi]
Osmonga talpinib yulduzlar sari,
Biz birga bo`lib.
[Sahar guruhi]
Yomg`irdan tomchilar,
Qalbimizdagi dardlarni yuvar. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Orzu
Xonanda:
Sahar, Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2017