Sahar guruhi - O'sha sizmi

Sahar

O’sha sizmi

O`sha sizmi, derazamdan goh
Gul irg`itib, yo`qolgan besas?
Yomg`ir bo`lib, chertib oynamni,
Xonam uzra boqqan serhavas.

O`sha sizmi, dimoqqa yillar bilan
Bahor bo`yin taratgan?
Sochlarimni tortqilab mayin,
Meni har yon hayron qaratgan.

O`sha sizmi, meni yolg`iz baxtim,
Meni jonim, meni muhabbatim?
O`sha sizmi, meni yolg`iz sevgilim? (x2)

O`sha sizmi, qor bo`lib oppoq,
Yo`llarimni oqqa belagan?
Qoshlarimdan, sochlarimdan sho`x
Hislar bilan shodlik elagan.

O`sha sizmi, tunlari mening
Ko`zlarimdan uyquni olgan?
Shirin o`ylar, hayajonlardan
Yuragimga muhabbat solgan.

O`sha sizmi, meni yolg`iz baxtim,
Meni jonim, meni muhabbatim?
O`sha sizmi, meni yolg`iz sevgilim? (x2)

O`sha sizmi, o`rik gullarin
Sevgan barno, sevdirgan barno?
O`rik gulli ko`ylagin kiyib,
Pinhon boqib, lol turgan barno.

O`sha sizmi, umr bo`yi men
Izlaganim, izlatganim yor.
O`sha sizmi, ha o`sha sizsiz,
Talpinmaydi qalbim axir bekor.

O`sha sizmi, meni yolg`iz baxtim,
Meni jonim, meni muhabbatim?
O`sha sizmi, meni yolg`iz sevgilim? (x1+x1)

O`sha sizmi, meni yolg`iz baxtim,
Meni jonim, meni muhabbatim?
Sevgilim?
Meni muhabbatim? O`sha sizmi?
O`sha sizmi?

O`sha sizmi, meni yolg`iz baxtim,
Meni jonim, meni muhabbatim?
O`sha sizmi, meni yolg`iz sevgilim? (x2)

O`sha sizmi, meni yolg`iz baxtim,
Meni jonim, meni muhabbatim?
Meni yolg`iz sevgilim?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’sha sizmi
Xonanda:
Sahar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 26, 2016