• Sahar guruhi - Yolg'iz

    Sahar

    Yolg’iz

    Yolg`iz qoldim men, bir o`zim yolg`iz,
    Bo`sh xona uzra jimjitlik yana.
    Yo`qoldi quvonch qalbimda sensiz,
    Faryodim qoldi sening izingdan. (x2)

    Endi qaytmaysan menga,
    Endi azoblarda qolgan qalbimga.
    Qaytib kelmas ovozing,
    Qaytib kelmaysan o`zing yonimga.

    Qaytib kelmas ovozing,
    Qaytib kelmaysan o`zing yonimga.

    Sovuq shamollar esar uyimda,
    Derazamda muzdan chizilgan gullar.
    Vaqt to`xtab qolgan sen ketgan kundan,
    O`shandan beri qalbimda yomg`irlar.

    Endi qaytmaysan menga,
    Endi azoblarda qolgan qalbimga.
    Qaytib kelmas ovozing,
    Qaytib kelmaysan o`zing yonimga.

    Qaytib kelmas ovozing,
    Qaytib kelmaysan o`zing yonimga.

    Endi qaytmaysan menga,
    Endi azoblarda qolgan qalbimga. (x2)
    Qaytib kelmas ovozing,
    Qaytib kelmaysan o`zing yonimga. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.