Saida Rametova - Opalarim-singillarim

Saida Rametova

Opalarim-singillarim

Dunyo ko`rki sizdan olmish andozalar,
O`zbegimning bekalari, xonzodalar. (x2)
Uyimizning farishtasi, ozodalar, {x2}
Zulfi gavhar sizsiz, tillo kokillarim,
Baxtima sog` bo`ling, opa-singillarim. (x2)

Opalarim, singillarim,
Guldek nozik ko`ngillarim. (x2)

Bor nazokat, husn-chiroy sizda asli,
Oftoblar ham sizning shirmoy yuzda asli. (x2)
Jannat yo`li sizlar bosgan izda asli, {x2}
Iforlari xushbo`y rayhon-jambillarim,
Baxtima sog` bo`ling, opa-singillarim. (x2)

Opalarim, singillarim,
Guldek nozik ko`ngillarim. (x2)

Halovat yo`q sizning kuygan joningizda,
Mingta tashvish yurar doim yoningizda. (x2)
Zahmat zahri yashar yurak qoningizda, {x2}
Ne tilasa har murodi hosillarim,
Baxtima sog` bo`ling, opa-singillarim. (x2)

Opalarim, singillarim,
Guldek nozik ko`ngillarim. (x2)

Qaldirg`ochning juft qanoti qoshlaringiz,
To`kilmasin marjonday ko`z yoshlaringiz. (x2)
To`y-bazmdan chiqmasin hech boshlaringiz, {x2}
Otash kuychi, siz g`azalxon bulbullarim,
Baxtima sog` bo`ling, opa-singillarim. (x2)

Opalarim, singillarim, har murodi hosillarim,
Opalarim, singillarim, sizsiz tillo kokillarim.
Opalarim, singillarim, siz g`azalxon bulbullarim,
Opalarim, singillarim, guldek nozik ko`ngillarim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Opalarim-singillarim
Xonanda:
Saida Rametova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2016