• [Zoirbek]
    Dormidi sochlaring sani?
    Yor, firoqingda mani
    Ado etding, holim nochor-ey.
    Netay mani bu ko`nglim,
    Tinglamaydi hech so`zim,
    Ko`yingda bu yurak bemor-ey.

    Mayli, nozingga borman-ey,
    O`zim vafoli yorman-ey,
    Yuragimda yonsa gar mehring, dod-ey.
    Unutolmayin lolman-ey,
    Tunlari bedorman-ey,
    Beg`uborim yonimda gar bo`lsa paydo.

    [Saida]
    U yona, bu yona o`taman sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlarim misli qirmiz anor-ey.

    [Zoirbek]
    U yona, bu yona o`tadi sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlari misli qirmizi
    Anor-ey, anor-ey.

    [Saida]
    U yona, bu yona o`taman sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlarim misli qirmizi
    Anor-ey, anor-ey.

    [Saida]
    Firoqida yonaman dema,
    Hajrida bedavo dema,
    Kechirasan agar hech kulmasang,
    Yor, yonimga bekor kelma.

    Nozim mani chekinmaydi,
    Yo`g`u borim pand yema.
    Kezaman dunyoni man gohi tanho.

    [Zoirbek]
    Mayli, nozingga borman-ey,
    O`zim vafoli yorman-ey,
    Yuragimda yonsa gar mehring, dod-ey.
    Unutolmayin lolman-ey,
    Tunlari bedorman-ey,
    Beg`uborim yonimda gar bo`lsa paydo.

    [Saida]
    (U yona, bu yona o`taman sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey…)

    [Zoirbek]
    U yona, bu yona o`tadi sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlari misli qirmizi
    Anor-ey, anor-ey.

    [Saida]
    U yona, bu yona o`taman sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlarim misli qirmizi
    Anor-ey, anor-ey.

    [Saida]
    Keladi, ketadi, havasga uchmagin,
    Bu asli sevgimas, bekor.
    Urinma behuda, abadiy qolmaydi
    Yuragimdan-ey ozor.

    Xayolim parishon dema,
    Sevaman seni, ishon dema.
    Bilaman kelmaydi, yuragim to`lmas,
    Yonimga bekor kelma.

    [Zoirbek]
    U yona, bu yona o`tadi sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlari misli qirmizi
    Anor-ey, anor-ey.

    [Saida]
    U yona, bu yona o`taman sekin,
    Xumor-ey, xumor-ey.
    Kulganda yuzlarim misli qirmizi
    Anor-ey, anor-ey.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari