• Sog`intirding, gul yuzli yor,
    Yo siz keling, yo men boray, (x2)
    Yozgan poyandozim bahor,
    Yo siz keling, yo men boray. (x2)

    Oh gulim, oh gulim, unutolmaydi dilim, {x2}
    Gar unutsa bu dilim, unutolmaydi tilim. {x2}

    Bog`lar aro o`tmoqdaman,
    Zor-intizor ketmoqdaman, (x2)
    Har kun ko`rolmay dog`daman,
    Yo siz keling, yo men boray. (x2)

    Oh gulim, oh gulim, unutolmaydi dilim, {x2}
    Gar unutsa bu dilim, unutolmaydi tilim. {x2}

    Yorim meni, bog`bon bo`lib,
    Izlab kelur, bo`ston bilib,
    Dilbar, keling mehmon bo`lib,
    Yo siz keling, yo men boray. (x2)

    Yozgan poyandozim bahor,
    Yo siz keling, yo men boray. (x2)

    Oh gulim, oh gulim, unutolmaydi dilim, {x2}
    Gar unutsa bu dilim, unutolmaydi tilim. {x2}
    Oh gulim-o, oh gulim, unutolmaydi dilim, {x2}
    Gar unutsa bu dilim, unutolmaydi tilim. {x2}