• Salom guruhi - Aldamchi qo'shiq matni, lyrics

    Salom guruhi

    Aldamchi

    Kelaman deb yoningga,
    Jon bo`lay deb joningga,
    Tushuntirib tog`angga,
    O`taman devor oshib.

    Ozorim, xumorim, kecha-kunduz
    Ketmaysan, xayoldasan.
    Oqbilak oyim “toshkanlik”,
    Aytgin manga, qayoqdasan?

    Qora ko`zli quralay,
    Tuynugingdan mo`ralay.
    Abdug`affor kelmasidan,
    Seni ko`rib olay. (x2)

    O kokili arg`amchi,
    Chaqirganda chiqsangchi.
    Bo`lmaginda aldamchi,
    Men tomon nazar solsangchi. (x2)

    Qayum bilan Raimjon
    Mahallangda turibdi,
    Kecha tol tagida seni
    Hamid bilan ko`ribdi. (x2)

    Kim nima gap desa desin,
    Bugun endi ko`rishaylik.
    Arazlarni chetga surib,
    Jonim, mayli yarashaylik. (x2)

    O kokili arg`amchi,
    Chaqirganda chiqsangchi.
    Bo`lmaginda aldamchi,
    Men tomon nazar solsangchi. (x2)

    Qayum bilan Raimjonda
    Ha mayli, bir gap bor.
    Ikkalasining orasinda
    Nima qilar Abdug`affor? (x2)

    O kokili arg`amchi,
    Chaqirganda chiqsangchi.
    Bo`lmaginda aldamchi,
    Men tomon nazar solsangchi. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.