Samandar Hamroqulov - Bevafo yorim

Samandar Hamroqulov

Bevafo yorim

Husniga oshufta dil,
Ko’ngil uchun holing na deb so’rsa qani.
Shakkari, ol lablari,
Shu lablarimga ittifoq bo’lsa qani.

Jon misol kelsa agar,
Cho’lu biyobonim bo’lur Bog’i Eram.
Kel desam, yor nozlanib,
Jilmayibon yo’q degani alam.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo’lsaydi yolg’iz o’zi peshonamda borim. (x2)

Sog’inib borsam agar,
Jonim kuyar qaro ko’ziga.
Bo’ylarim yetmadimi yor,
Atirgulcha bo’ylariga?

Axtarib borgum o’shal,
Janon uchun savdoyiman ishqda mudom.
Sadqa jon shu yorginam,
Choy uzatib, aylasa bir xirom.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo’lsaydi yolg’iz o’zi peshonamda borim. (x2)

Qadrimni bilmas shu oromijon,
Berahm yor dili toshmi chunon?
Netkayman tutmasam qo’llaridan,
Ketolmay firoqman yo’llaridan.

Axtarib borgum o’shal,
Janon uchun savdoyiman ishqda mudom.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo’lsaydi yolg’iz o’zi peshonamda borim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafo yorim
Xonanda:
Samandar Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 20, 2015