Samandar Hamroqulov - Chegarachi o'g'lonlar

Samandar Hamroqulov

Chegarachi o’g’lonlar

Mardlari bor elning ko’ngli to’q,
Mardlari bor yurtda xatar yo’q.
Ko’ksi tog’dir, aytgan so’zi o’q,
Sarhadimiz sarlochinlari, (x2)
Vatan uchun fido jonlari.

Qo’rg’onimiz qalqonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Bo’ling omon, ona yurtning
Chegarachi o’glonlari. (x2)

Sizlar borsiz – tinchlik muqarrar,
Tun osuda, tonglar munavvar.
Bo’lib sharaf-shonga muyassar,
Yashang, botir pahlavonlari.

Qorachiqday asrang Vatanni,
Shu diyorni, jannatmakonni.
Shukr, berdi sizday o’g’lonni,
Azim elning qahramonlari,
Vatan uchun fido jonlari.

Qo’rg’onimiz qalqonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Bo’ling omon, ona yurtning
Chegarachi o’glonlari. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chegarachi o’g’lonlar
Xonanda:
Samandar Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 3, 2015