Soy bo’yida o’tirar yuzlari xomush,
Ko’zlari chiroyli, nigohi ma’yus.
Bo’ldi ko’p o’ksima, bo’lma umidsiz,
Seni o’zga bir xonadonga uzatamiz.

Endi tong saharlar atlas libos egningda yonar, kelinchak,
Mahalla-ko’y yangi kelin deb seni erkalar, kelinchak.
Uzun-uzun zulfingday baxting ziyoda bo’lsin,
Yangi uyda salom-salom, shirin kalom, kelinchak. (x2)

Urfu-odatu udumlar, bordi-keldilar,
Shirmoy patir, qatlamalar, tog’ora-tugunlar.
Mana senga, ko’r sen kutgan o’sha kunlar,
Hasan-Husan, Fotima-Zuhra bolali bo’lgin, kelinchak.

Tong saharlar atlas libos egningda yonar, kelinchak,
Mahalla-ko’y yangi kelin deb seni erkalar, kelinchak.
Uzun-uzun zulfingday baxting ziyoda bo’lsin,
Yangi uyda salom-salom, shirin kalom, kelinchak.

Yor-yoray, yor-yoray, shirin-shakar, qandu asal
Bolali bo’lgin , kelinchak.

Endi tong saharlar atlas libos egningda yonar, kelinchak,
Mahalla-ko’y yangi kelin deb seni erkalar, kelinchak.
Uzun-uzun zulfingday baxting ziyoda bo’lsin,
Yangi uyda salom-salom, shirin kalom, kelinchak. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelinchak
Xonanda:
Samandar Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 7, 2014