Samras guruhi - Yuragingda

Samras guruhi

Yuragingda

Yuraging nega jim, ayt xayolingda kim?
Nega ko’zlaring ma’yus hamon?
Mazmunsiz go’yo hayot, kutmaysan undan najot,
Sen uchun rangsiz hatto osmon.

Dilingda bor dard-alam, men unga bo’lay malham,
Sevgimga bergin, jonim, imkon.
Qalbingga nazar sol, talpinar senga har on,
Tuyg’ularim bo’lmasin armon.

Yuragingda, xayolingda bo’lgim kelar doim,
Orzuingda, hayotingda bol’gim kelar, jonim.

Tong otib shoshaman, dil izhor etaman,
Ismingni, yorim, bilmasam ham.
Tunda men sog’insam, osmonga qarayman,
Vaslingni olisdan izlayman.

Sevgimni qabul et, men bilan orzuga yet,
Biz baxtli bo’lamiz, sen ishon.
Hech kimga bermayman, doimo asrayman,
Toki dunyoda men hayotman.

Yuragingda, xayolingda bo’lgim kelar doim,
Orzuingda, hayotingda bol’gim kelar, jonim. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuragingda
Xonanda:
Samras guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2014