• San'at guruhi - Ikki yulduz

    San'at guruhi

    Ikki yulduz

    Go’zal oqshom, samodagi yog’dular
    Siz uchun porlaydi beqiyos.
    Beg’ubor sevgi ramzi – kabutarlar
    Baxtingizni so’rab ayladi parvoz.

    Beg’ubor sevgi ramzi – kabutarlar
    Shirin hayot so’rab ayladi parvoz.

    Go’yo ikki yulduz – kuyov va kelinchak,
    Ko’zingizdagi mehr chin sevgidan darak.
    Bir umrga birga bu ikki sof yurak,
    Bugun baxt to’yingiz bo’lsin muborak.

    Kelinchak malikalar misoli
    Oq libosda juda go’zal bugun.
    Samimiy va abadiy ishq timsoli –
    Baxt uzuklari ham taqildi bugun.

    Bu hayot ertak bo’lsin bamisoli,
    Bu muqaddas nikoh so’nmasin mangu.

    Go’yo ikki yulduz – kuyov va kelinchak,
    Ko’zingizdagi mehr chin sevgidan darak.
    Bir umrga birga bu ikki sof yurak,
    Bugun baxt to’yingiz bo’lsin muborak. (x1+x2)

    Bu tun baxt to’yingiz bo’lsin muborak.