San'at guruhi - Navro'z

San'at guruhi

Navro’z

Keldi bahor – fasllar malikasi,
Zamin uzra yellarning tozasi.
Qadimdan kelgan andozasi,
Taraldi bayram ovozasi,
Yangrar Navro`z taronasi.

Kel-kel bahor, qalblarga quvonchni to`ldirib,
Yana takror qo`shiq yangrar yurakdan jo`sh urib.
Go`zal yurt, chamanzor, jon onam,
Xush kelibsan, Navro`zi olam.

Ko`k somsa, chuchvarayu sumalak,
Keldi Navro`z – yangi kuningdan darak.
Go`zal yurt osmonida kamalak,
Bayramning bayram ovozasi,
Yangrar Navro`z taronasi.

Kel-kel bahor, qalblarga quvonchni to`ldirib,
Yana takror qo`shiq yangrar yurakdan jo`sh urib.
Go`zal yurt, chamanzor, jon onam,
Xush kelibsan, Navro`zi olam. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Navro’z
Xonanda:
San'at guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2016