San'at guruhi - Ona diyor

San'at guruhi

Ona diyor

Bu diyor ayvonlari nurga talosh,
Bu dunyoning kayvonasi oyu quyosh,
Vatan desam, men ko’zimda yosh,
Ko’zga surtay nonlarini.

Tiriklikning taqdirlari,
Bu hayotning bor hikmatlari,
Ey, onamning tuproq tandirlari,
Istasangiz jonlarini.

Kim Vatanni zar to’niga yeng etmishdir,
Kim bag’rini osmonlarday keng etmishdir?
Yaratganning o’zi bugun teng etmishdir,
Asrlarga onlarini, onlarini.

Bir suvoriy kelganda Boburmi yo?
Armonlarin yo’llarda so’rsin dunyo.
Ko’rib keldi, so’ng ko’rsin dunyo
Sultonlarini, xonlarini.

Bu diyor ayvonlari nurga talosh,
Bu dunyoning kayvonisi oyu quyosh,
Vatan desam, men ko’zimda yosh,
Ko’zga surtay nonlarini.

Kim Vatanni zar to’niga yeng etmishdir,
Kim bag’rini osmonlarday keng etmishdir?
Yaratganning o’zi bugun teng etmishdir,
Asrlarga onlarini, onlarini. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona diyor
Xonanda:
San'at guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 19, 2015