Sanjar Xoliqov - Erkatoyim

Sanjar Xoliqov

Erkatoyim

Erkatoyim, nega doim
Ma’yussan, ayt ne darding bor?
Erkatoyim, kulgin doim,
Kulsang, ko`nglimda bahor.

Erkatoyim, bir qaragin,
So`zlarimni tinglagin.
Erkatoyim, bir bor jilmaygin,
Hayotga kulib qaragin.

Dardlaringni olay men o`zim,
Yuragimda bor senga so`zim.
Darding bo`lsa, menga bergin,
Faqat sen doim kulgin. (x2)

Beg`uborim, bir qaragin,
Qanchalar hayot go`zal.
Beg`uborim, yoshlar to`kma,
Yoshlanmasin bu ko`zlar.

Beg`uborim, yoningdaman,
Unutgin dardlaringni.
Beg`uborim, sen bilanman,
Yoritayin yo`lingni.

Dardlaringni olay men o`zim,
Yuragimda bor senga so`zim.
Darding bo`lsa, menga bergin,
Faqat sen doim kulgin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erkatoyim
Xonanda:
Sanjar Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 8, 2016