• Niholdek ochilgan gulim,
    Sengadir bog`langan dilim,
    Sog`inchimni bilmaysan.
    Yulduzlar boqar yuzimga,
    Oy ham sirdoshdir o`zimga,
    Nigohim zordir yo`lingga.

    Oh, qanchalar ko`rgim kelar,
    Sog`inch qalbimni tirnar.
    Mana gullaydi lolalar,
    Xabar bermasdir bir ham mayin shamollar.

    Qizil gul lolalar, sog`inchli nolalar
    Har kun yuragimda.
    Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
    So`nadi sog`inchdan.

    Faqat bu lolalar, sog`inchli nolalar,
    Olgin yuragimdan.
    Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
    So`nadi sog`inchdan.

    Oh, qanchalar ko`rgim kelar,
    Sog`inch qalbimni tirnar.
    Mana gullaydi lolalar,
    Xabar bermasdir bir ham mayin shamollar.

    Faqat bu lolalar, sog`inchli nolalar,
    Qolgan yuragimda.
    Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
    So`nadi sog`inchdan. (x2)

    Qizil gul lolalar, sog`inchli nolalar
    Har kun yuragimda.
    Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
    So`nadi sog`inchdan.

    Faqat bu lolalar, sog`inchli nolalar,
    Qolgan yuragimda.
    Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
    So`nadi sog`inchdan.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.