Kechalari uxlamay o`ylayman seni bedor,
Shirinim, shakarim, kelaqol.
Sog`inchim bir zum tinmay qiynaydi, berar ozor,
Shirinim, shakarim, kelaqol,
Holim bemor, dardimni ol.

Shirin-shirin so`zli, shahlo, qaro ko`zli,
Seni o`ylab, jonim, tinmay kutaman.
Shirin-shirin so`zli, shahlo, qaro ko`zli,
Ne bo`lsa ham bilgin, seni sevaman.

Ko`zlaringga qarasam, baxtliman ayni shu dam,
Yolg`izim, chin so`zim, erkam.
Sensizlikni o`ylasam, bosadi yuragim g`am,
Yolg`izim, chin so`zim, erkam,
Holim bemor, dardimni ol.

Shirin-shirin so`zli, shahlo, qaro ko`zli,
Seni o`ylab, jonim, tinmay kutaman.
Shirin-shirin so`zli, shahlo, qaro ko`zli,
Ne bo`lsa ham bilgin, seni sevaman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shirin
Xonanda:
Sanjar Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2016