Raqqosa qiz guloyim, qarang desam, qaramas, {x2}
Boqishlari muloyim, qarang desam, qaramas. {x2}

Kam bo`lmasin sira ham, mayli qaramasa ham, {x2}
Ko`z tegmasin iloyim, qarang desam, qaramas. {x2}

Gulshohda bulbul xandon, gullar chamanda giryon, {x2}
Qiyo boqurmi yorim, dillarda orzu-armon? {x2}

Raqqosa qiz guloyim, qarang desam, qaramas, {x2}
Boqishlari muloyim, qarang desam, qaramas. {x2}

Avvallari mayliydi kun aro bir ko`rsam ham,
So`nggi chog`ga o`t olib, kul bo`ldi jismu-tanam. (x2)

Omonga o`zga dildor, kerakmas o`zga sanam, {x2}
Shudir yodu-xayolim, qarang desam qaramas. {x2}

Raqqosa qiz guloyim, qarang desam, qaramas, {x2}
Boqishlari muloyim, qarang desam, qaramas. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Guloyim
Xonanda:
Sanobar Rahmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2017