• Sanobar Rahmonova - O'zingizni ehtiyot qiling

    Sanobar Rahmonova

    O’zingizni ehtiyot qiling

    Azizlarim, mehribonlarim,
    Do`stu yoron, qadrdonlarim, (x2)
    Joningizga kuyar jonlarim,
    O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

    Tiriklik deb cho`kkan otalar,
    Ro`zg`orim deb shoshgan onalar, (x2)
    Joningizga kuymas bolalar,
    O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

    Do`st tomonga talpining har dam,
    Ko`ring quvonch-tashvishni baham, (x2)
    Odam taftin oladi odam,
    O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

    G`am kelganda kuyunib ketmang,
    Baxt kelganda suyunib ketmang, (x2)
    Sokin yashang, osuda yashang,
    O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

    Shukur do`stlar, boringiz uchun,
    Farzand, jigar, yoringiz uchun, (x2)
    Mendek xaridoringiz uchun
    O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

    O`zingizni ehtiyot qiling,
    Ey, o`zingizni ehtiyot qiling.