• Sanobar Rahmonova - Sabo keltir

    Sanobar Rahmonova

    Sabo keltir

    Sabo, keltir xabar qishloqlarimdan, {x2}
    Bezangan gulshanimdan, bog`larimdan. {x2}
    Ko`zimga surma bo`lsin gardi poking, {x2}
    Meni o`stirgan ul tuproqlarimdan. {x2}

    Havoli saylgohim katta yaylov, {x2}
    Buyuk, zo`r, ko`kragi keng tog`larimdan. {x2}

    O-oy, tiniq suvlar labida sabza ursa,
    Ichilgan sof qimiz, qaymoqlarimdan. (x2)
    Xususan, dilkashu ona tabiat, {x2}
    Qadrdon do`stlarim, o`rtoqlarimdan. {x2}

    Boqib yo`lga Habibiy, ko`z tutarman, {x2}
    Sabo, keltir xabar qishloqlarimdan. {x2}

    Sabo, keltir xabar gul bog`larimdan…