Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Arzanda qiz

Sarbon guruhi

Arzanda qiz

Gul otgandim go`zalga,
Qoshin qoqib ketdi-da,
Jilmayib qarashlari
Yomon yoqib ketdi-da. (x2)

Bo`ylari baland ekan,
Bellari bir qilcha yo`q, (x2)
Amrikon kovushdadir,
Durra bor-u, nimcha yo`q. (x2)

Arzanda qiz mehringni
Qizg`onmagin, kel endi.
Jilmayishing sog`indim,
Bitta kulib ber endi. (x2)

Bizni ko`rsa, qoshlari
Kerilgani kerilgan, (x2)
Oshiqlari yo`lida
Terilgani terilgan. (x2)

Shundan beri kutaman,
Gul to`la quchog`imda. (x2)
Uzukka ko`z qo`ygandek
Bo`lar yursa yonimda. (x2)

Arzanda qiz mehringni
Qizg`onmagin, kel endi.
Jilmayishing sog`indim,
Bitta kulib ber endi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arzanda qiz
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 27, 2015