• Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Meni sevsang

    Sarbon guruhi

    Meni sevsang

    Meni sevsang, yoshligimda ham
    Soch oqargan chog’imda ham sev.
    Meni sevsang, sog’ligimda ham
    Bemor yotgan chog’imda ham sev.

    Meni sevsang, birga yurganda
    Yolg’iz qolgan chog’imda ham sev.
    Meni sevsang, kiyim yarashgan
    Yarashmagan chog’imda ham sev.
    Meni sevsang, yoshligimda ham
    Soch oqargan chog’imda ham sev.

    Gar baxtingdan umidvor bo’lsang,
    Baxtsiz yurgan chog’imda ham sev.
    Ko’ngling bo’lsin nurdek musaffo,
    Qalbakimas chin yurakdan sev.

    Meni sevsang, birga yurganda
    Yolg’iz qolgan chog’imda ham sev.
    Meni sevsang, yoshligimda ham
    Soch oqargan chog’imda ham sev.

    Yuragimni topshirdim senga,
    Vaqtinchamas bir umrga sev. (x2)
    Meni sevsang, birga yurganda
    Yolg’iz qolgan chog’imda ham sev.
    Meni sevsang, kiyim yarashgan
    Yarashmagan chog’imda ham sev.

    Meni sevsang, yoshligimda ham
    Soch oqargan chog’imda ham sev.
    Meni sevsang, sog’ligimda ham
    Bemor yotgan chog’imda ham sev.

    Meni sevsang… Meni sevsang…