Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Qaylarda ko'rganman sani

Sarbon guruhi

Qaylarda ko’rganman sani

Kulgan ko’zu chehrang bilan
Jodulading, dilbar mani, (x2)
Aytgin, tanishdaysan o’zing,
Qaylarda ko’rganman sani? (x2)

Ko’pdan beri jon o’tdadur,
Kuygan dilim qon o’tdadur, (x2)
Orzuyu armon o’tdadur,
Qaylarda ko’rganman sani? (x2)

Bir bor ko’rishga zor edim,
Topmay o’zing nochor edim, (x2)
Ishqing bilan bemor edim,
Qaylarda ko’rganman sani? (x2)

Jooon.
Aytgil qilib janonalik,
Ko’rsam bosar hayronalik, (x2)
Qilma manga begonalik,
Qaylarda ko’rganman sani? (x2)

Solsang yiroqdan sho’x nazar,
Bog’lab ko’ngil jon bol o’par, (x2)
Tushgay yodingga har safar,
Qaylarda ko’rganman sani? (x2)

Qaylarda ko’rganman sani? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaylarda ko’rganman sani
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 17, 2015