Sarbon guruhi - Tong shamoli

Sarbon guruhi

Tong shamoli

Man bo’lsam tongning shamoli,
Kulsa janon uyquda. (x2)
Silasam gul sochlarini
Sezsa shul on uyquda. (x2)

Man bo’lsam tongning shamoli,
Kulsa janon uyquda…

Xudoga yolvordim bu kech,
Yetarmikan so’zlarim. (x2)
Ko’rmadim bunday go’zal hech,
Olg’usi jon uyquda. (x2)

Dunyoni izlab kezarman,
Go’yo oy quchog’ida,
Qachon baxtimni toparman,
Go’yo armon uyquda.

Tinglamas aqlimni yurak,
Kuylar yorning dardini. (x2)
Tushiga kirdimmi yo,
Dilbarijon uyquda. (x2)

Man bo’lsam tongning shamoli,
Kulsa janon uyquda.
Silasam gul sochlarini
Sezsa shul on uyquda.

Man bo’lsam tongning shamoli…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tong shamoli
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 30, 2013