Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Uch yuz oltmish kun

Sarbon guruhi

Uch yuz oltmish kun

Ko`rganimda ilk bora,
Baxtim deya quvondim.
Ko`p yanglishgan ekanman-ey,
Bugun fikrimdan tondim.

Bermayin qo`ydi lazzat,
Hatto asalim, qandim.
Na bir yayradim, kuldim,
Na-da mehringga qondim.
Sitamlaringdan har yil
Uch yuz oltmish kun yondim.

Shodlangan edim behad,
Oqqushim bo`larsan deb.
Saodat darakchisi,
Baxt qushim bo`larsan deb.

Aqlu hushim yo`qotsam,
San hushim bo`larsan deb.
Na bir yayradim, kuldim,
Na-da mehringga qondim.
Sitamlaringdan har yil
Uch yuz oltmish kun yondim.

Rohat ko`rarman dedim,
Ozoring boshdan oshdi.
To`kkan ko`z yoshlarimdan-ey,
Daryolar to`lib-toshdi.

Guldek pokiza umrim
G`am-g`ussaga chulashdi.
Na bir yayradim, kuldim,
Na-da mehringga qondim.
Makrlaringdan dod-ay,
Uch yuz oltmish kun yondim.

Suri berib oldimda,
Aldamoqni fan qilding.
Past ketib raqib bilan
Bazmu anjuman qilding.

Darz ketdi nomus-oring,
Na qilsang ham san qilding. (x2)
Na bir yayradim, kuldim,
Na-da mehringga qondim.
Sitamlaringdan har yil
Uch yuz oltmish kun yondim.

Achchiq zarbangdan nechun
Oldin ogoh etmading?
Etak siltab, bir yo`la
Ag`yor sari ketmading?

O`ksinma, oshiq Erkin,
Gar iqbolga yetmading-ey.
Na bir yayradim, kuldim,
Na-da mehringga qondim.
Sitamlaringdan har yil
Uch yuz oltmish kun yondim.

Makrlaringdan dod-ay,
Uch yuz oltmish kun yondim. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uch yuz oltmish kun
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 30, 2016