Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g`amni loyiq ko`rdimikan?
Ketarkansan, hayotimga kelding nega,
Mag`rur tutgan tik boshimni egding nega? (x2)

Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g`amni loyiq ko`rdimikan?

Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar,
Yo`llarimni yoritarding qaro tunlar.
Senga cho`llar kerakmidi, issiq qumlar,
Mening bog`im senga kamlik qildimikan?

Ketganingda yurak biram o`rtandi-ya,
Bu jumboqni vaqtga soldim yechar deya.
O`ylamasdim bir kun mendan kechar deya,
Xayollarim xotirjamlik qildimikan?

Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g`amni loyiq ko`rdimikan?

Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi?
Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi?
Fig`onlarim zor yig`latur mungli torni,
Armon bizga yo hakamlik qildimikan?

Olis yo`llar, olis yo`llar, olis makon,
Izlaringni sog`indim yor-qadrdon.
Yarim ko`nglim unutmaydi, bil hech qachon,
Sen eslamay, xotirang pand berdimikan?

Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g`amni loyiq ko`rdimikan?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armonlarim
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 29, 2016