• Men seni hech kimga bermasman!
    Bir gulsan, men uchun yaralgan,
    Ifori jannatdan taralgan.
    Men seni hech kimga bermasman,
    Men seni hech kimga bermasman! (x2)

    Sen yoqutsan yo dursan,
    Sen malaksan yo hursan,
    Olamni yoritgan nursan,
    Men seni hech kimga bermasman!

    Olamni yoritgan nursan,
    Men seni hech kimga bermasman!

    Raqiblar hasaddan qoturlar,
    Alamdan olovda yoturlar,
    Bir pul sening qora botirlar,
    Men seni hech kimga bermasman!

    Ko`ksimda tinmagan yuraksan,
    Hech zamon sinmagan tilaksan,
    Sen menga jon qadar keraksan,
    Men seni hech kimga bermasman! {x2}

    Sen yoqutsan yo dursan,
    Sen malaksan yo hursan,
    Olamni yoritgan nursan,
    Men seni hech kimga bermasman!

    Olamni yoritgan nursan,
    Men seni hech kimga bermasman!

    Har lahza yodingga sherikman,
    Ismingni takrorlab zerikmam,
    Men faqat sen bilan tirikman,
    Men seni hech kimga bermasman! {x2}

    Men faqat sen bilan tirikman,
    Men seni hech kimga bermasman! {x2}