Men cho`qqini ko`zlagan chog`da
Qulab tushma, dedi birovlar. (x2)
Sof sevgimni kuylasam bog`da-ey,
Haddan oshma, dedi birovlar. (x2)

Yo`llarimdan adashsam, kuysam,
Xulqi yomon, dedi birovlar. (x2)
Gar boshimni yostiqqa qo`ysam,
Endi tamom, dedi birovlar. (x2)

Men o`zimni o`nglasam sal-pal,
Ko`p adashdi, dedi birovlar.
Qo`lim biroz uzaygan mahal
Biz qarashdik, dedi birovlar. {x2}

Men o`zimni o`nglasam sal-pal,
Ko`p adashdi, dedi birovlar.
Qo`lim biroz uzaygan mahal
Biz qarashdik, dedi birovlar.

Men cho`qqini ko`zlagan chog`da
Qulab tushma, dedi birovlar.
Sof sevgimni kuylasam bog`da,
Haddan oshma, dedi birovlar.

Endi tamom, dedi birovlar,
Biz qarashdik, dedi birovlar,
Haddan oshma, dedi birovlar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Birovlar
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 2, 2017