Sardor Mamadaliyev - Do'st topmadim

Sardor Mamadaliyev

Do’st topmadim

Bu dunyoda sodiq bir do’st topolmadim,
Bu dunyoning nayrangiga chidolmadim.
Kimga yoqdim, kimning ko’nglin ololmadim,
Otamdayin, otamdayin do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.

Mol-dunyoning oshnolari ko’p,
Bir yigit umrining shaydolari ko’p.
Yosh boshimning buncha g’avg’olari ko’p,
Otamdayin, otamdayin do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.

Nainki dunyoda o’ksib yashayman,
Fisqu-fasodlardan bezib yashayman.
Lek otam duosin olib yashayman,
Otamdayin do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin do’st topmadim, birodarlar.

Valene’matimning erka og’liman,
Yaratgan Egamga sodiq g’ulomman.
Bir kuni el ichra qadr toparman,
Lek otamday do’st topmadim, birodarlar,
Onamdayin do’st topmadim, birodarlar.

Hey, otamdayin do’st topmadim, birodarlar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st topmadim
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 4, 2015