• Sardor Mamadaliyev - Meni yaxshi ko'rgan odamlar

    Sardor Mamadaliyev

    Meni yaxshi ko’rgan odamlar

    Mayli yomg`ir, mayli qor bo`lsin,
    Siz tomonga chorlar qadamlar.
    Qayda bo`ling – faqat sog` bo`ling,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar.

    Mayli yomg`ir, mayli qor bo`lsin,
    Siz tomonga chorlar qadamlar.
    Qayda bo`ling – faqat bor bo`ling,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar.

    Siz borsizki kichik yirikman,
    Siz borsizki bilinmas kamlar.
    Axir siz tufayli tirikman,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar.

    Meni yaxshi ko`rgan odamlar,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar,
    Axir siz tufayli tirikman,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar.

    Ana dunyo, kim or, kim beor,
    Kimdir kimga so`rar alamlar.
    Siz borsizki, Xudo menga yor,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar
    Va men yaxshi ko`rgan odamlar.

    Ko`dim qancha qayg`u-yu bazm,
    Qoldimi men ko`rmagan damlar?
    Bugun sizga qilaman ta’zim,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar.

    Meni yaxshi ko`rgan odamlar,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar,
    Bugun sizga qilaman ta’zim,
    Meni yaxshi ko`rgan odamlar.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.