Bo`ydoqligim alvido, omon yora,
Uylanmasam bo`lmas-ov, omon yora,
Yor qidirib ketdim-ov, omon yora,
Qaylardasan yorim-ov? (voy-ey, voy, voy-ey)

Ey, qaylardasan yorima, omon yora,
Qiynaldiku jonima, omon yora,
Omon yor, yor, yora.

(Mamatov… Mamatov…)

Xorazima bordima, omon yora,
Bir qizina oshiq bo`ldim, omon yora.
Manga san garaksan desam, omon yora,
Manga gerak, desam dedi: omon yor-ey,
Voyey, voyey.
(E salomat bo`lsinlar “oma”, keltirvoribdilarku-a?)

Marg`ilonga bordim-o, omon yora,
Yor qidirib bordim-o, omon yora.
Marg`ilonga bordim-a, omon yora,
Yor qidirib bordim-o… (voyey, voyey, voyey)

Ey, qaylardasan yorima, omon yora,
Toshkentga ham keldim-a, omon yora,
Voyey, yor, yor, yora.

Chilonzorning yo`larida, omon yora, (omon yora)
Bir go`zalni ko`rdim-a, omon yora. (omon yora)
Borib gap otaman desam, omon yora, (voy, you)
Ishongani bor ekan-ey, omon yor-ey, voyey, voyey.
(Jon aka, to`xtatmay aytovring-ey)

Andijonga bordim-ov, omon yora, (omon yora)
Yor qidirib boridim-ov, omon yora.
Andijonga bordim-ey, omon yora,
Yor qidirib boridim-ey… (voyey, voyey, voyey)

Ey, qaylardasan yorima, omon yora,
Andijon ham qolmadi-ya omon yora.
Topil yor, yor, yora.
(Samarqandcha ham o`qing, akajon)

Samarqandning go`zali,
Qandi, shirin asali.
Voy akajon deganda
Ovozlari mazali.

Tanlaganim yo`q dedi,
Xo`p akajon, xo`p dedi.
Olib ketaman desam,
Aynidi-yu, yo`q dedi.

Qashqadayra tomonlar-a, omon yor, (omon yor)
Biram shirin tandirlari, omon yor. (omon yor)
Yor qidirib rosa kezdim, omon yor,
Vodiy tomon kelib qoldim, omon yorey,
Voyey, voyey.
(Assalomu alaykum, tinchlikmi opa, tuzukmisizlar?
Nima “bo`luttikan beyda”?)

Namanganga bordim-o, omon yora,
Lola ko`chani kezdim-ey, omon yora.
Men izlagan gulimni, omon yora,
Shu yerlardan topdim-ey… (voyey, voyey, voyey)

Taqdir ekan, topdim-ey, omon yora,
O`z baxtimga yetdim-a, omon yora,
Omon yor, yor, yor-ey.
(Musiqachilar, sho`xiga chalinglar)

(Ey bo`ldi-da, bir yiqilding, ikki yiqilding,
Tur o`rningdan!)

(Texnika mo`jizasini ko`rganmanu, lekin bunaqasi…)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon yora
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 24, 2017