• Ona, ona, ona,
    Senga bolang yomon deyishsa,
    Bu gaplar rost, ishon, onajon.
    Bu beozor, mo`min o`g`lingdan
    Qolmadi nom-nishon, onajon, ey dod, ey dod-ey.

    Ko`rgin endi bolang holini,
    Nima qilib qo`ydi bu hayot.
    Ona, qara, ko`kragim bo`m-bo`sh,
    Yuragimni o`ydi bu hayot, ey voh, ey voh, dod-ey.

    Azaldan loyimni qorganda Xudo,
    Bilardi fe’limdan ne bo`lur paydo.
    Hukmidan tashqari emas gunohim,
    Ne uchun maxsharda beradi jazo? {x2}

    Otang tirik – g`arib emassan,
    Onang tirik – yetim emassan,
    Agarda shu zotlar bo`lmasa,
    Sen aslida hech kim emassan. {x2}

    Bir kuni go`zallar qarg`aydi meni,
    Qarovsiz muhabbat uchun qarg`aydi.
    Men pinak buzmayman, hadik tortmayman,
    Onamning duosi, otamning duosi meni asraydi.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.