Sardor Mamadaliyev - Ota-ona duosi qo'shiq matni, lyrics

Sardor Mamadaliyev

Ota-ona duosi

Bu dunyoda sodiq bir do`st topolmadim,
Bu dunyoning nayrangiga chidolmadim,
Kimga yoqdim, kimning ko`nglin ololmadim,
Otamdayin, otamdayin do`st topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.

Mol-dunyoning oshnolari ko`p,
Bir yigit umrining shaydolari ko`p,
Yosh boshimning buncha g`avg`olari ko`p,
Otamdayin, otamdayin do`st topmadim, birodarlar,
Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.

Nayinki dunyoda o`ksib yashayman,
Fisqu-fasodlardan bezib yashayman,
Lek otam duosin olib yashayman,
Otamdayin do`st topmadim, birodarlar,
Onamdayin do`st topmadim, birodarlar.

Valine’matimning erka o`g`liman,
Yaratgan Egamga sodiq g`ulomman,
Bir kuni el ichra qadr toparman,
Lek otamday do`st topmadim, birodarlar,
Onamdayin do`st topmadim, birodarlar.

Otamdayin do`st topmadim, birodarlar…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-ona duosi
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017