Sardor Mamadaliyev - Qoshi qarolar

Sardor Mamadaliyev

Qoshi qarolar

Qoshi qarolar, hey, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Ko`zlar ham buncha qaro bo`lurmu,
Ko`zdanmu shuncha motamsarolar?
Lablarda rangin, zulflarda jangil,
Ranglarmi yoki rangin balolar, dod-ey?

Qoshi qarolar, hey, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar, hey.
Qoshi qarolar, hey, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.

Qoshlar qilichdir, qomatlar raso,
Jonu dilimda shundan yarolar, hey.
Qoshi qarolar, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar,
Hey, jabru jafolar.

Ko`zlar ham buncha qaro bo`lurmu,
Ko`zdanmu shuncha motamsarolar?
Lablarda rangin, zulflarda jangil,
Ranglarmi yoki rangin balolar, hey?

Qoshi qarolar, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Qoshi qarolar, hey, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar,
Hey, jabru jafolar.

Ko`klarga bir kun uchgaysan, ey jon,
Zangor havolar, moviy samolar.
Sendan so`rsalar, qoldilar deb ayt,
Qoshi qarolar, ko`zi qarolar.

Qoshi qarolar, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar.
Qoshi qarolar, ko`zi qarolar,
Soldi boshimga jabru jafolar,
Hey, jabru jafolar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qoshi qarolar
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016