Tushib qolsin yo’llarida shoyi ro’moli-ey,
Topib olib, bog’lab qo’yay yo’llarimizni.
Tushib qolsin boshlaridan shoyi ro’moli-ey,
Topib olib, bog’lab qo’yay yo’llarimizni.

Siz yo’qsiz yonimda, yo’qdir madorim-ey,
Xudo, bitta qil tezroq yo’llarimizni. (x2)

Shoyi, shoyi ro’mol yarashadi boshingizga,
O’sma qo’ysangiz holim yomon bo’lar, jonim, qoshingizga. (x2)

Kel endi, kezaylik ishq bog’larini,
Yoshlikning sururbaxsh xush chog’larini.
Kel endi, kezaylik ishq bog’larini-ey,
Yoshlikning sururbaxsh xush chog’larini.

Kel ey, mohi paykar, kel ey, zilolim-ey,
Ko’ngildan yuvaylik ishq dog’larini.
Kel endi, rozi bo’l, birga bo’laylik-ey,
Kezaylik biz sevgimiz bog’larini.

Shoyi, shoyi ro’mol yarashadi boshingizga,
O’sma qo’ysangiz holim yomon bo’lar, jonim, qoshingizga.
Shoyi, shoyi ro’mol yarashadi boshingizga,
O’sma qo’ysangiz holim yomon bo’lar, jonim, qoshingizga. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ro’mol
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 7, 2015