• Nima uchun ko`zlaringda yosh,
    Qaysi nomard yig`latdi sani? (x2)
    Qaysi nomard yoshingni to`kib,
    Xastalikka yo`latdi sani? (x2)

    Qo`y yig`lama, yig`lama, ey qiz,
    Sen yig`lasang, yig`layman men ham.
    Ikkimizga yetar hozircha
    Qalbingdagi qayg`u bilan g`am.

    Ikkimizga yetar hozircha
    Qalbingdagi qayg`u bilan g`am.

    O`sha nomard – yig`latib qo`ygan,
    Yor qadrini qaydan ham bilsin?
    Qiz bolaning dilin bilmasa,
    Yor mehriga zor bo`lib o`tsin.

    Qo`y yig`lama, maning jon singlim,
    Dunyo o`zi shundoq ham bir kam. (x2)
    Ikkimizning baxtsiz yuraklar
    Bir-biriga bo`lishsin malham. (x2)

    (O`-o`-o`o`, o`-o`-o`o`,
    O`-o`-o`o`, o`-o`-o`o`,
    O`-o`-o`o`, o`, o`, o`)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.