• Osmon oyu yulduz, quyosh ham kerak,
    Zarurati bordir tog`u toshgacha.
    Biroq men bilganim qalbda bir bezak,
    Tuproq yo`lda qolgan izlar boshqacha. {x2}

    Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
    Vatan degani bu – yurakda titroq.
    Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
    Vatan degani bu – yurakda titroq.

    Kim qanday anglaydi, qanday tushunar,
    Tuproq iforiga to`la tonglarim,
    Balki, shundan halol, shundan xokisor,
    Mening ona xalqim, bug`doy ranglarim. {x2}

    Bolaligim mening – asov qulun,
    Oyog`i shilingan toshga urinib.
    Onam chang ko`chaga qo`yiblar qo`lin,
    Tuproqni malham deb, bosgan egilib. {x2}

    Ota buyuk zotdir, suyanchdir menga,
    El doim ishonar oqillariga.
    Ul zot asling xokdir, deya o`rgatar,
    Ishongum purhikmat naqllariga.

    Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
    Vatan degani bu – yurakda titroq.
    Vatan degani shu bir hovuch tuproq,
    Vatan degani bu – yurakda titroq.

    Kim qanday anglaydi, qanday tushunar,
    Tuproq iforiga to`la tonglarim,
    Balki, shundan halol, shundan xokisor,
    Mening ona xalqim, bug`doy ranglarim. {x2}

    Mening o`zbek xalqim, bug`doy ranglarim.