Sardor Mamadaliyev - Yigit nolasi

Sardor Mamadaliyev

Yigit nolasi

Ollohim, ko’zini to’q qil yigitning,
Bir nafs yo’lida ming ko`yga solma.
Berguvchi o’zingsan, olguvchi o’zing,
Otini olsang ham, omadin olma.

Ko’ngilning tubini ko’zgu ko’rsatmas,
Qizargan yigitni ko’zguga solma.
Ollohim, omad ber har bir yigitga,
Otini olsang ham, omadin olma.

Yayrasa yarashar yigit zotiga,
Quvonch ila yursin, duodan tolma.
Tog’ni talqon qilsin elning korida,
Sochlari oqarmay qomatin olma. {x2}

Ko’ngilning tubini ko’zgu ko’rsatmas,
Qizargan yigitni ko’zguga solma.
Ollohim, omad ber har bir yigitga,
Otini olsang ham, omadin olma. {x2}

Muhabbat merosdir Odam Atodan,
Momo Havolarim qayg’uga solma.
Sevilib yashasin, sevib yashasin,
Jonini olsang ham, janonin olma. {x2}

Har farzand umrning uzun yo’lidir,
O’zbegim beshigi, sira bo’sh qolma.
Yigit tizzasiga o’gli o’tirsin,
Elga mardlar kerak, polvonin olma. {x2}

Ollohim, ko’zini to’q qil yigitning,
Bir nafsi yo’lida ming ko`yga solma.
Berguvchi o’zingsan, olguvchi o’zing,
Borini olsang ham, omadin olma. {x2}

Jonini olsang ham janonin olma,
Sochlari oqarmay qomatin olma.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yigit nolasi
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 22, 2016