Qadamingdan xato gumonlaydilar,
Uchragan kimsaga yomonlaydilar.
Senga omad kelsa tutarlar motam,
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar.

Kerak bo’lsang darrov toparlar, lekin
Ishing tushsa, bir-bir qocharlar sekin.
Kerak bo’lsang darrov toparlar lekin,
Ishing tushsa bormi, qocharlar sekin.

Yelkangga or tushib g’iybatlar yukin,
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. {x2}

Odamlar, odamlar ne bo’ldi sizga,
Qalbingiz bunchalar to’lmoqda muzga.
Tashvishingiz yo’qmi hasaddan o’zga?
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar. {x2}

Pul nima? Pul qo’lning kiri, deydilar,
Pul uchun bir-birin go’shtin yeydilar.
Oyog’ingdan chalmay yasholmaydilar,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar. {x2}

Bir eslab qo’ymaslar yo’limga zor deb,
Ahad Qayum degan bir shoir bor deb.
Bir eslab qo’ymaslar yo’limga zor deb,
Sardordek qadrdon bir do’stim bor deb.

Mening davrim keldi, bizning bozor deb,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Ey, yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yiqilsang
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 21, 2016