Sardor Mamadaliyev - Yor kerak menga

Sardor Mamadaliyev

Yor kerak menga

Izlayabman kechayu-kunduz,
Chalinmagan tor kerak menga.
Tor yonida qoshlari qunduz
Vafoli bir yor kerak menga.

Ko’kdan to’g’ri tushsin qo’limga,
Yer ko’rmagan qor kerak menga.
Ozor bermay yursin ko’nglimga
Vafoli bir yor kerak menga.

Menga, menga, yor kerak menga,
Menga, menga, ha, yor kerak menga.

Qalqib tursin hayo yuzida,
Nomus ila or kerak menga.
O’zga inson o’chsin qalbingdan,
Vafoli bir yor kerak menga.

Tegmay tursin qayg’u sochingga,
Osilmoqqa dor kerak menga.
Aylantiray baxtning tojiga,
Vafoli bir yor kerak menga.

Aylantiray baxtning tojiga, ey,
Vafoli bir yor kerak menga.

Menga, menga, yor kerak menga,
Menga, menga, ha, yor kerak menga.

Menga, menga, yor kerak menga, (x2)
Vafoli bir yor kerak menga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor kerak menga
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2015