• Sardor Rahimxon - Askar onasi

    Sardor Rahimxon

    Askar onasi

    Subhidamdan ko`z ochib,
    Ko`rgani rangli surat.
    Ko`ziga surtar o`pib,
    Yig`lay olmaydi faqat.

    Ko`ngliga sig`may dunyo,
    Hatto ro`zg`or tashvishi.
    Yo`l poylaydi bir ayol,
    Kelar deb yo`qlar kishi.

    Onajonginam, deb kelsa bir bor,
    Keyin hatto jonini berishga tayyor.
    Intizor yurak, dil to`la armon,
    Faqat shirin xotira dardiga darmon.

    O`ylamay desa bo`lmas,
    Qo`ymas o`rgangan ko`ngil.
    Bag`rida bo`ldi axir
    Roppa-rosa o`ttiz yil.

    O`zidan o`tganini (hech qachon)
    Hech kimga ko`rmas ravo.
    Dard ezar yuragini,
    Bedavo u, bedavo.

    Onajonginam, deb kelsa bir bor,
    Keyin hatto jonini berishga tayyor.
    Intizor yurak, dil to`la armon,
    Faqat shirin xotira dardiga darmon.

    Aylanar ko`z o`ngida
    So`nggi bor ko`rgan kuni,
    Abadiy uyqudagi
    Sevimli farzandini.

    Go`yoki undan meros
    Ozod yurt va tinch osmon,
    Bir ayol faxri bugun
    Vatan uchun qahramon!

    Onajonginam, deb kelsa bir bor,
    Keyin hatto jonini berishga tayyor.
    Intizor yurak, dil to`la armon,
    Faqat shirin xotira dardiga darmon. (x2)