• Sardor Rahimxon - Bilmading

    Sardor Rahimxon

    Bilmading

    Taqdir, dilga shu’ur bergan Allohsan,
    Ichimdan otilib chiqmagan ohsan,
    To’lib ulgurmagan ko’kdagi mohsan,
    Yarimta dilimni tashlab ketaman.

    Har qalbning ming dardli ertagi uzun,
    Chindan yarmi shodlik, yarmi g’am har kun,
    Bersam yarim baxting gar bo’lsa butun,
    Topgan baxtlarimni tashlab ketaman.

    Ustimdan nodonlar, yolg’onlar kuldi,
    Nafasim bo’g’zimdan chiqmay bo’g’ildi,
    Kutaverib ikki ko’zim to’rt bo’ldi,
    E yor, sog’inchimni tashlab ketaman.

    Falak istagancha yashashga qo’ymas,
    Vujudim kuysa ham, hur ruhim kuymas,
    Dunyo, senga boqib bir umr to’ymas,
    Oshiq ko’zlarimni tashlab ketaman.

    Ming oh birlan ketdim men, borligimni bilmading,
    Jonim berdim qo’llaringga, zorligimni sezmading.
    Ming oh birlan ketdim men, borligimni bilmading, (bilmading)
    Jonim berdim qo’llaringga, zorligimni bilmading.

    Bilmading, bilmading, borligimni bilmading,
    Sezmading, sezmading, zorligimni sezmading, (sezmading)
    Sezmading, bilmading, zorligimni sezmading.

    Bu kun yonib kuyingda ado bo’ldim bilmading,
    Har kun sening sezingda paydo bo’ldim bilmading.
    Bu kun yonib kuyingda ado bo’ldim bilmading, (bilmading)
    Har kun sening izingda paydo bo’ldim bilmading.

    Bilmading, bilmading, borligimni bilmading,
    Sezmading, sezmading, zorligimni sezmading, (sezmading)
    Sezmading, bilmading, zorligimni sezmading.

    Ming oh birlan ketdim men, borligimni bilmading,
    Jonim berdim qo’llaringga, zorligimni sezmading.

    (Sezmading, bilmading, bilmading)

    Bilmading, bilmading, borligimni bilmading,
    Sezmading, sezmading, zorligimni sezmading, (sezmading)
    Bilmading, bilmading, borligimni bilmading.