Bir umr endi ketma, bo’l dilimda vujudimda,
Naqadar yoqimlisan, Eyforiya.
Tunu-kun dam-badam ur, yuragimda aylan,
Qon bo’lib yur vujudimda, ey, ey, Eyforiya.

Halovatim olu mayli bedor et ezgu sevgi yo’lida,
(Ezgu-ezgu, ezgu sevgi yo’lida).
O’taman ne-ne hasratdan, umidim so’ndirma,
Hayotim o’zing to’ldir muhabbatga.

Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Xayolimda aylanar, Eyforiya nur.
Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Kunlarim ma’nosiz, hayotim zerikarlidir,
Obi hayotim, yillar kutgan najotim,
Qorday erib ketma, yonimda bo’l.

Yurakdan tiladim, yolg’on tuyg’u bo’lma,
Tandagi jonimsan, oromimsan.
Yurakdan tiladim, yolg’on orzu bo’lma,
Tandagi ruhimsan, hayotimsan.

Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Xayolimda aylanar, Eyforiya nur.
Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Yerdan begona holatim meni,
Qo’llar tobora intilar yuqori.
Aylanar yermi yoki osmon,
Men parvoz etarman.

Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Xayolimda aylanar, Eyforiya nur.
Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Xayolimda aylanar, Eyforiya nur,
Ko’zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eyforiya
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 10, 2014